Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qibrayda vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi
21.12.2021 08:26,  
237

Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi. Bu haqda Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, IIV 2-son Toshkent akademik litseyining 3-kurs talabasi bo‘lgan Z.J.ni Qibray tumanida joylashgan «Oqqovoq» temir yo‘l bekatining 21-kilometrida vagon ustiga chiqishi oqibatida yuqori kuchlanishdagi tok urgan va voqea joyida vafot etgan.

20 dekabr kuni u o‘qigan litseyda mazkur baxtsiz hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda o‘quvchilarga temir yo‘lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temir yo‘l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik, temir yo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekanligi haqida tushunchalar berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан