Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iz- tojik chegarasida yana otishma ro‘y berdi
27.01.2022 21:49,  
312

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida chegarachilar o‘rtasida otishma yuz berdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Qirg‘iziston chegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Qirg‘izistonning Botken va Isfana shaharlarini bog‘lovchi Botken viloyatining To‘rt-Kocho shahridagi yo‘lning bir qismini bir tomonlama yopib qo‘ygan edi. Tang vaziyat yuzaga kelgani munosabati bilan qirg‘iz chegarachilari kuchaytirilgan xizmat rejimiga o‘tkazildi.

“Tojikistonning uch nafar harbiy xizmatchisi o‘qdan jarohat olgan holda Isfara markaziy klinikasiga yetkazildi”, — deyiladi xabarda.

Qirg‘izistonning Botken viloyatida Tojikiston bilan chegaradagi keskin vaziyat munosabati bilan tezkor shtab tuzildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, chegaradagi vaziyatning keskinlashishi natijasida Botken viloyatining bir qismi elektr ta’minotisiz qolgan, elektr tarmog‘i uzilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан