Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston: So‘nggi daqiqalar. Nimalar bo‘lyapti?
6.10.2020 11:47,  
836

Bugun kechasi Bishkek ko‘chalarida muxolifat tomonidan o‘tkazilgan norozilik namoyishlaridan so‘ng Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti ofisi joylashgan parlament binosi namoyishchilar tomonidan qo‘lga olindi.

Namoyishchilar Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni, sobiq deputat Sadir Japarovni, sobiq Bosh vazir Sapar Isakovni, muxlifatchi siyosatchi Ravshan Jeenbekovni qamoqdan ozod qilishdi.

6 oktyabr 09:00 gacha Tez yordam liniyasiga 590 javbrlanuvchi murojaat qilgan, ulardan 13 nafari reanimatsiya bo‘limida, 1 nafari vafot etgan.

Hozir Qirg‘izistonda nimalar bo‘lyapti?

11:20. O‘sh shahrida prezident Sooronbay Jeenbekovni qo‘llab-quvvatlab namoyish bo‘lib o‘tmoqda. "Biz prezident siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz va oxirigacha turib beramiz. Kerak bo‘lsa Bishkekka ham boramiz", - "Birimdik" partiyasidan nomzod Bekmirza Ergashev.  

11:18. Qirg‘izistonning O‘sh viloyati hokimi Bayish Yusupov ham iste’fo berdi. O‘sh shahar kengashi deputatlari shahar hokimi Talaybek Saribashevga ishonchisizlik bildirishdi.

11:16. Qirg‘izistonning Talas viloyati hokimligi binosi oldida ham 200 kishilik namoyish bo‘lib o‘tmoqda. Viloyat hokimi Murat Murataliyev iste’fo berdi.

11:09. Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati hokimi Balbek Tulobayev iste’fo berdi.

11:03. Qirg‘izistonning Norin viloyati hokimi Emilbek Alimbekov iste’fo berdi.

11:01. Atambayev tarafdorlari Bishkek qamoqxonasidan Qo‘y-Toshdagi voqealar ortidan hibsga olingan sobiq prezidentning apparati rahbari Farid Niyazov va GKNB sobiq xizmatchisi Kanat Sagimbayevni ozod qilishdi.  

10:54. O‘sh shahar kengashi shahar merini ishdan chetlatish haqida maxfiy ovoz berish o‘tkazmoqda.

10:50. Kaktus.media nashrining xabar berishicha, Bishkekda namoyishchilar Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi binosini egallashga kirishdilar. Namoyishchilar dastlab Bosh Prokuror xalq oldiga chiqishini talab qildilar. Keyin "Biz o‘zimiz Bosh Prokurorni qo‘yamiz" deb talab qilishmoqda.

10:40. Bishkekda 100 dan ortiq namoyishchilar poytaxt meriyasini egallab olishdi. O‘zini yangi hokim deb e’lon qilgan Jooshbek Koyenaliyev birinchi majlisni o‘tkazgan. Koyenaliyev "Respublika" partiyasidan saylovga qatnashgan edi.

10:35. Vayron etilgan Hukumat uyi manzaralari.

10:24. Qirg‘iziston Milliy banki tijoriy banklar va moliya-kredit tashkilotlariga 6 oktyabrdan faoliyat yuritmaslikni va xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya etdi.

10:00. Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov xalqqa videomurojaat bilan chiqdi. Preziden siyosiy partiyalar rahbarlarini o‘z tarafdorlarini tinchlantirishga, fuqarolarni esa provokatsion kuchlarning chaqiriqlariga berilmaslikka chaqirdi. Shuningdek, Qirg‘iziston rahbari barcha kuchlarni mamlakat taqdirini siyosiy ambitsiyalardan ustun qo‘yishga va huquqiy maydonga qaytishga chaqirdi.

09:50. Jalolobodda ham namoyishlar bo‘lmoqda. Jalolobod viloyati rahbari Nurbolot Mirzaxmedov o‘z o‘rnida qoldi. Avvalroq u ishdan bo‘shash haqida ariza yozgandi. "Hokimiyat binosi oldida namoyishlar bo‘lmoqda. Men namoyishchilar oldiga chiqdim. Ular meni qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozirda asosiy vazifamiz - tinchlikni saqlashdir", deb yozdi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан