Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonda konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish haqidagi referendum bo‘lib o‘tmoqda
11.04.2021 11:50,  
81

Qirg‘izistonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi referendum va mahalliy organlarga saylovlar boshlandi. Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

«08:00 da (Toshkent vaqti bilan 07:00) Qirg‘iziston Respublikasi hududidagi 2435 ta saylov uchastkasida ovoz berish boshlandi», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish chet eldagi 48 ta saylov uchastkasida ham bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish 20:00 gacha davom etadi.

Qirg‘iziston fuqarolari 28 ta shahar kengashiga 796 nafar deputatni hamda 420 ta ovul kengashiga 7560 deputatni saylaydi, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi uchun ovoz beradi.

Saylovni 31 mamlakatdan kelgan 183 nafar xalqaro kuzatuvchi va 11 ta jamoatchilik tashkiloti kuzatuvchilari nazorat qilib boradi.

Qirg‘iziston konstitutsiyasini qayta yozib chiqish Sadir Japarovning tashabbusi hisoblanadi. Bu haqda Japarov bir necha marta gapirgan. Biroq asosiy qonunni qayta yozish vakolati 2020 yilning 28 oktyabrida tugagan oltinchi chaqiriq deputatlari zimmasiga yuklatilgan. 17 fevraldan Qirg‘iziston parlamenti mamlakat konstitutsiyasining yangi loyihasini muhokama qila boshladi, unda mamlakatda prezidentlik boshqaruv shaklini tasdiqlash, Xalq qurultoyi institutini (Xalq assambleyasi) joriy etish, shuningdek, parlament deputatlari sonining hozirgi miqdori— 120 kishidan 90 kishiga kamaytirish masalalari ko‘zda tutilgan. Yangi konstitutsiya loyihasida aytilishicha, bitta Qirg‘iziston prezidenti mamlakatni ko‘pi bilan ikki marta besh yil muddatga boshqarishi mumkin bo‘ladi. Qirg‘izistonning amaldagi konstitutsiyasiga binoan davlat rahbari olti yil muddatga saylanadi, lekin ikki marta saylanishi mumkin emas. Yangi loyihaga ko‘ra, hukumat tuzilishi va tarkibi prezident tomonidan belgilanadi, bosh vazir boshchiligidagi hukumat faoliyati prezident ma’muriyati tomonidan ta’minlanadi. Hukumat rahbari, o‘z navbatida, prezident ma’muriyatiga rahbarlik qiladi. Loyihada, shuningdek, Qirg‘iziston konstitutsiyaviy sudini tuzib, konstitutsiyaviy palatani Oliy sud tarkibidan chiqarish taklif etiladi.

2020 yil 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng boshlangan siyosiy inqiroz sharoitida Japarov prezident bo‘ldi. O‘shanda saylovdagi soxtalik tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklar fonida sobiq deputat Sadir Japarov o‘z tarafdorlari ko‘magi bilan hokimiyatga kelgan. Qisqa vaqt ichida u bosh vazir va prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ldi, so‘ngra mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, muddatidan oldin prezident saylovlari va boshqaruv shakli bo‘yicha referendum o‘tkazish tashabbuslari bilan chiqdi. Qirg‘izistonda muddatdan oldin prezident saylovlari 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga 17 nafar nomzod da’vogarlik qildi. Oktyabr oyidan beri hukumatni boshqargan Sadir Japarov raqiblaridan ancha ustun keldi. Ularning aksariyati 2 foizdan kam ovoz olgan. Prezident saylovi bilan birga mamlakatda boshqaruv shaklini o‘zgartirish bo‘yicha ham referendum bo‘lib o‘tdi. Referendum ishtirokchilarining 80 foizdan ortig‘i prezidentlik respublikasi uchun ovoz berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан