Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonning Andijon viloyati bilan chegaradosh tumanida 3 kishida koronavirus aniqlandi
18.03.2020 10:37,  
1674

Qirg‘izistonda ilk bor uch kishida koronavirus aniqlandi. Ularning barchasi Qirg‘izistonning O‘zbekiston (Andijon viloyati) bilan chegaradosh Suzoq tumanida aniqlangan. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponboyev brifingda ma’lum qildi.

Vazirning aytishicha, bemorlar Saudiya Arabistonidan Umra safaridan qaytgan. Ular 12 mart kuni Qirg‘izistonga kelishgan. Ulardan tahlil olingan va uy karantinida saqlangan.

Jalolobod viloyatining Suzoq tumani Blagoveshenka tumanida Umradan qaytgan ayolning isitmasi ko‘tarilgan. Uni kasalxonaga olib borib, tahlillarini O‘shga yuborishgan. Ayol bilan birga 8 kishi Umraga borgan, ularning yana 2 tasida koronavirus aniqlangan.

Shifokorlar koronavirusga chalinganlarning qarindoshlarini ham tekshirmoqda. Tahlil natijalari Bishkekka yuborilmoqda.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi konsullik xizmati departamenti direktori o‘rinbosari Baxtiyor Shokirovning ma’lum qilishicha, 13 mart kuni kechasi Saudiya Arabistonidan 651 qirg‘izistonlik qaytgan. Ular Bishkek va O‘sh aeroportiga qo‘ngan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан