Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
13.01.2021 16:42,  
510

"Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Saidkamol Xodjayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan"- deya  xabar bermoqda "Gazeta.uz".

Xodjayev 2018 yilning iyulida qishloq xo‘jaligi vazirining moliya  ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2020 yilning sentyabr oyida esa vazirning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi vazirining fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini ta’minlash buyicha o‘rinbosari Botirjon Sulaymonov ham lavozimidan ozod qilingan.

Ma’lumotga ko‘ra, Botirjon Sulaymonov Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida qoladi. U 2020 yilning sentyabr oyida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан