Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qishning so‘nggi kunlarida O‘zbekiston ob-havo qanday bo‘ladi?
26.02.2022 11:02,  
270

O‘zgidromet axborot xizmati xabar berishicha, Qish faslining oxirigi kunlarida Eron hududlaridan iliq havo kirib kelishi kuchayishi hisobiga O‘zbekistonda qish fasliga hos bo‘lmagan juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 17-22° iliqgacha, janubda 23-25° iliqgacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlarning iqlimiy me’yorlaridan 8-10° ga yuqoridir.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat shimoliy hududlarga 27 fevral kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi.

28 fevralda respublikaning barcha hududlarini nam havo massasi qamrab oladi, respublikaning ko‘pchilik hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

25-28 fevral kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан