Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qizning sochini qirqqan shaxs...
10.03.2021 22:20,  
3000

Tergov departamenti axborotiga ko‘ra, 2021 yilning 21 fevral kuni soat 03:00 larda 19 yoshli Amirbek G‘., o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon toroj qilish maqsadida, Xonobod shahri Bunyodkor MFY., hududida o‘zining tanishi 21 yoshli Sayyora Q.,ga nisbatan hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, uni tahqirlab, haqorat qilib, qaychi bilan sochlarini qirqib narxi 1.350.000 so‘mlik “Samsung A 10S”  rusumli uyali telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Amirbek G‘.,dan uyali telefon apparat ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Amirbek G‘.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан