Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qochqin bo‘lish qanday ekan?
1.05.2021 08:15,  
4528

So‘nggi kunlarda tojik-qirg‘iz chegarasida yuz berayotgan otishmalar dunyo ahlini tashvishga solib turibdi. Qirg‘iz tomoni bilrishicha, 28-aprelda boshlagan urushda qirg‘izlardan 31 kishi o‘lgan, 150 dan ko‘pi yarador bo‘lgan. Tojik tomoni esa 10 kishi o‘lganini xabar qilgan. Bu, juda achinarli raqamlardir.

Urush yerdan va havodan og‘ir qurollar qo‘llanib, olib borilyapti. Taraflar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishishgan bo‘lishiga qaramay, otashkesim buzilyapti. Internetda e’lon qilingan videolarda to‘xtovsiz o‘q otishlari eshitiladi. Urushni kim boshlagani muhim emas, chunki bunday holatlarda har ikki taraf bir-birini ayblaydi. Lekin, ko‘pdan beri suv masalasida yechilmasdan kelayotgan muammo bu safar keng ko‘lamli urushga aylanib ketdi.

Xo‘sh, janjal nimadan kelib chiqdi?

Farg‘ona vodiysidagi o‘zbek-qirg‘iz-tojik chegaralari juda murakkab va shaklan kirdi-chiqdiligini hamma biladi. Ayrim qishloqlarni o‘rtadan o‘tgan avtomobil yo‘li chegara sifatida ajratib turadi. Har uchchala davlatga tegishli ko‘plab anklav va eksklavlar mavjudligi chegaralarni delimitizatsiya qilishda katta qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.

Ham tojik, ham qirg‘iz tarafi o‘ziga tegishli deb hisoblaydigan suv taqsimlagich nuqtasi hali delimitizatsiya qilinmagan tortishuvli yer sanaladi. Tojik tomoni ana shu yerdagi simyog‘ochga videokamera o‘rnatgani qirg‘izlarga yoqmagan. Oddiy aholi vakillari kamerani olib tashlashni talab qilishgan. Tojik tomoniga ko‘ra, oldin qirg‘iz chegarachilar hujumga o‘tib, tojik chegara punktini bosib olishgan. O‘z navbatida, tojiklar qarshi hujumga o‘tib, qirg‘iz punktini qo‘lga olishgan.

Natijada, bir qirg‘iz qishlog‘iga o‘t qo‘yilgan, ko‘plab odam halok bo‘lgan yoki yaralangan. Qirg‘iz tomoni Laylak va Isfana tumanlarining chegaraga yaqin qishloqlaridan o‘n mingga aholini ko‘chirgan. Ayrim odamlar yengil-yelpi kiyim va yosh bolalari bilan toqqa qochib, kechani sovuqda o‘tkazishga majbur bo‘lishgan. Qochqinlar tuman ichkarisidagi maktab, internat va odamlarning uylariga joylashtirilgan.

 

 

Albatta, urush tugab, qirg‘iz qochqinlar turar-joylariga qaytishiga, chegara muammolari hal bo‘lib, dushmanlik o‘rniga yaxshi qo‘shnichilik va qon-qardoshlik aloqalari tiklanishiga, tabiiy resurslardan birgalikda kalllani ishlatib foydalanish yo‘llari topilishiga umid qilamiz. Lekin, hozirgi urush menga 2010-yildagi O‘sh voqealarini eslatdi. O‘shanda, yuzminglab o‘zbek qirg‘izlarning ularga nisbatan qirg‘inidan qochib, O‘zbekistonda jon saqlashga majbur bo‘lishgandi. Hozir esa, qochqin bo‘lish qirg‘izlarning boshiga tushib turibdi. Ishqilib, bunday qirg‘inlardan to‘g‘ri xulosa chiqarilsa bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан