Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘ng‘ir ayiq bolasi bilan bog‘liq holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Ichki ishlar organiga o‘tkazildi
28.04.2022 15:43,  
134

Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari va tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida holat, Dehqonobod Davlat o‘rmon xo‘jaligining Qizilsoy o‘rmon bo‘limida 5 aprel kuni sodir etilganligi aniqlandi.

Video lavhada aks etgan fuqaro "Oqqishloq" MFY hududida yashovchi K. Sh.ning yashash xonadonidan ayiq bolasini tanasidan ajratib olingan terisi borligi aniqlandi. Ayiq bolasi terisi dalolatnoma asosida olib qo‘yilib ekspertizaga yuborildi. Holatdan xabardor bo‘lgan barcha fuqarolardan yozma tushuntirish xatlari olindi.

Yuqoridagi holat bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunlar talablari qo‘pol ravishda buzilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari borligi sababli, to‘plangan hujjatlar Dehqonobod tuman Ichki ishlar bo‘limiga o‘tkazildi.

Shuni eslatib o‘tish joizki, hozirgi kunda Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Hisor davlat qo‘riqxonasida “Smart” patrul tizimi joriy etilgan bo‘lib, hududda 75 dona fotoqopqon o‘rnatilgan. Kelajakda yana 50 dona fotoqopqon o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ushbu tizim orqali qo‘riqxona hududini nazorat qilish, monitoring ishlarini olib borish hamda brakonerlikka qarshi kurashishda foydalanib kelinmoqda.

Hayvonot dunyosi monitoringini o‘tkazish natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda 600 ga yaqin qo‘ng‘ir ayiq aniqlangan bo‘lib, keyingi yillarda ikki baravar ko‘paygan. Hozirda Hisor qo‘riqxonasida ayiqlar soni 147 boshni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан