Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Qonunlarimizda korrupsiogen holatlar mavjud» – Senat raisi
24.09.2020 16:57,  
356

«Parlamentning asosiy faoliyati tez qadamlar bilan ketayotgan islohotlarning qonuniy asoslarini yaratish va mustahkamlashdir. Yillar davomida ishlab chiqilgan qonunlar bugungi kun talabiga javob bermasligini ko‘rdik.

Qonunlarda ko‘plab korrupsiogen holatlar mavjud. Ularda islohotlarga to‘siq bo‘ladigan ko‘plab moddalar bor. Bularni bartaraf qilish bo‘yicha Oliy Majlisning ikki palatasi tomonidan ham tahliliy, ham qonunchilik ishlari amalga oshirilyapti», dedi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Norboyeva «O‘zbekiston-24» telekanaliga bergan intervyusida.

Senat raisi parlament oldida ijro hokimiyatining hisobdorligi oshganini ham qayd etib o‘tgan.

«Ilgari qonunlarda yozilsa ham, amalda bu narsa yo‘q edi. Ya’ni parlamentning hukumatni shakllantirishi, hukumatning uning oldida hisobdorligi masalasi. Lavozimiga loyiqmi, loyiq emasmi degan masala parlament a’zolarining diqqat markazida turibdi. Bosh vazirdan tortib barcha vazirlar lavozimiga tayinlanishida parlament muhokamasidan o‘tadi.

Ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni qay darajada bajarayotgani bo‘yicha quyi va yuqori palataga hisobot bermoqda. Agar lavozimiga loyiq bo‘lmasa, parlament buni bemalol ayta oladi. Hokimlar ham hududlardagi islohotlar qay darajada amalga oshirilayotgani bo‘yicha parlamentga hisobot beryapti», dedi Tanzila Norboyeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан