Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Qo‘qon shamoli": filmning o‘xshagan va o‘xshamagan jihatlari
26.09.2019 10:34,  
1489

"Qo‘qon shamoli" tarixiy badiiy filmi jurnalistlar uchun yopiq premerasida qatnashdim. Quyida mulohazalarim.

1. Ommaga tarixiy badiiy film deb tanishtirilayotgani uchun shunday yozyapman. Lekin men filmni "badiiy" degan maqomni olgan deb hisoblamayman. Tarixiy badiiy film deganda faqat tarixiy faktlar aks etgan, ma’rifiy kino tushunilmaydi. Yoki filmga "badiiylik" darajasini ishqiy sahnalar, mushoirayu to‘qimalar ham bermaydi. Badiiylik avvalo tarixiy faktlarni emas, qahramonning shaxsiyatini tadqiq qilish, ichki kechinmalari, hissiyotlar palitrasi, "qahramonni o‘zi bilan yolg‘iz qoldirish", undan so‘ng badiiyat elementlari tugun, kulminatsiya va h.k. aniq tushunish darajasida ishlash deb tushunaman. Men filmda badiiylik ko‘rmadim. Voqealar rivoji bor, hissiyotlar rivoji yo‘q.

2. Film biroq publitsistik ham emas: tarixiy faktlar ko‘p buzilgan. Eldar Asanovning "qanday tarixiy manbalar asosida o‘rgandingiz" degan savoliga muallif opa uzuun ro‘yxatni sanadilar. Lekin. Yoki bizning kitoblarimizdagi faktlar shunchalik xato, yoki... (nnima bo‘lganda ham tushuntirish berish kerak edi)
Amir Umarxon Nodiraga 1806 yil 19 yoshida (Nodira 15 yoshda) uylanadi )darsliklar va bizdagi tarixiy manbalarga qaraganda). Akasining o‘limi 1810 yil deb aytiladi. Filmda Amir Umarxon akasining qabri sovimay uylanadi va el og‘zida gap bo‘ladi. Qahramon ekranda kamida 30 yosh bo‘lmasa undan ham katta ko‘rinadi.

3. Qahramonning shaxsiyati haqida dahshatli xulosalar paydo bo‘ladi. Masalan, nikohning ilk kechasi Nodiraning yotog‘iga kirib ketayotgan Amir Umarxon eshik tagidagi kanizak bilan ko‘z urishtirib oladi!! Tasavvur qilyapsizmi!! Keyinchalik o‘sha kanizak zahar olib kiradigan sahnada qizga g‘azallar o‘qib, qizning yuzini silaydi! Amir Umarxon shaxsiyati g‘azabingizni qaynatadi.

4. Ilmu ma’rifatda millatga o‘rnak ko‘rsatiladigan Nodira shaxsiyati qaynona-kelin mojarosi yoki ishqiy sahnalar ostida qolib ketgan. Men ishqiy sahnalarga qarshi emasman. Shunchaki o‘sha sahnalar nikohning ilk kechasi tasviri bilanmas, qandaydir jarayonlarda berilsa, Nodira shaxsiyatiga nisbatan hurmat bo‘lardi. Qaynona-kelin munosabatidan ko‘ra Nodiraning Saroydagi faoliyati, maorifdagi o‘rnini ham ko‘rsatish mumkin edi. "Ma’naviyatchi" bo‘lib qolmasdi bu bilan rejissyor.
Keyin she’rdan juuuda yengil foylanilgan!! Gap otish uchun, masalan. G‘azallar og‘iz uchida tushunilmay o‘qilgan. Ilmiy asarlarida g‘azal o‘zining o‘qilish ritmiga egaligi aytiladi: masalan, fo-i-lo-tun, fo-i-lo-tun, fo-i-lun, deylik. Bular o‘qigan g‘azal ritmga ham, ma’noga ham ega emas edi....

5. Lavozimga tayinlanganlik haqidagi yorliqni hamma bir martadan, lekin nega shayxul islom ikki marta o‘pib peshonasi, ko‘ziga surganini umuman tushunmadim.

6. Amirning onasi Gulbahor Yo‘ldosheva opa rahmatliga dublyaj umuman tushmapti... Ularning ovozlarida balandlik bor edi qanaqadir. Yovuz ona emas, tiynatli bir ayol rolini o‘ynagan edi aktrisamiz.

7. Film nega "Qo‘qon shamoli" deb nomlanganini o‘tkazib yubordim, nazarimda. Sizlar anglay oldingizmi?

8. Vanihoyat yaxshi tarafi: Filmda postanovkachi rassom, operator, bastakor, grimyor ishini uddalagan.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан