Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda 62 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi
30.06.2020 23:46,  
170

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi, 62 yoshli B.Ya. (erkak) joriy yil 10 iyun kuni Qozog‘istondan kelganligi sababli Karantin markaziga joylashtirilgan
15 iyun kuni esa hamroh kasalliklari tufayli Yakkasaroy tuman shifoxonasiga yotqizilgan. 

19 iyun kuni unda koronavirus aniqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda o‘tgan kunlar davomida reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan. 

Unga yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak, buyrak, jigar yetishmovchiligi kabi qator kasalliklar bo‘yicha tashxis qo‘yilgan. 
 
Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.
 
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli yetakchi shifokorlar, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan. 

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан