Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​Qoraqalpog‘istonda uch nafar IIV mayori avariya oqibatida halok bo‘ldi
27.11.2021 11:15,  
250

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda uch nafar xodim vafot etgani to‘g‘risidagi tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 27, 30 va 50-son manzil koloniyasi xodimlari bo‘lgan uch nafar mayor videoselektordan qaytayotgan vaqtida YTHga uchragan.

Ma’lum qilinishicha, 26 noyabr kuni soat 00:10 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hududidan o‘tuvchi A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Buyneu avtomobil yo‘lining 708-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Jazoni ijro etish xizmati (JIEM) xodimi I.I. xizmat joyidan yashash xonadoniga qaytayotgan vaqtda o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasini boshqarayotib, qarama-qarshi tomonlarni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilishi natijasida avariyaga uchragan.

Hodisa oqibatida transport vositasida bo‘lgan JIEM xodimlari M.X. hamda X.X. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida, I.I. esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан