Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonlik erkak xotini va 18 yoshli qizini o‘ldirib qo‘ydi
2.05.2021 16:30,  
2336

Qoraqalpog‘istonlik erkak o‘z xotini va qizini o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda Respublika prokuraturasi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 28 aprel kuni soat 9:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Amudaryo tumani O‘rta qal’a qishlog‘ida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan A.D. va uning 2003 yilda tug‘ilgan qizi R.A.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni marhum A.D.ning turmush o‘rtog‘i 1964 yilda tug‘ilgan R.M. mast holida o‘zaro janjal oqibatida sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» (qasddan ikki va undan ko‘p odamni o‘ldirish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

R.M. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tumani sudining 2021 yil 29 aprel kungi hukmi bilan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayni paytda holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан