Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston O‘zbekistonga qanday tovarlarni eksport qiladi? O‘zbekiston-chi?
25.02.2020 09:00,  
1167

2019 yil yanvar-dekabr oylarida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasi 2,8 mlrd dollarni tashkil qildi, deb xabar berdi Kazinform muxbiri.

Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Statistika qo‘mitasi va QR Davlat daromadlari qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, tovar aylanmasida eksportning ulushi 2 milliard dollarni, import esa 771,2 million dollarni tashkil etadi. 

Shu bilan birga, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2018 yilga nisbatan 1,5 foizga yoki 42,2 million dollarga kamaydi. Yil davomida eksport 20,9 foizga yoki 341,9 million dollarga, import 33,2 foizga yoki 384,1 million dollarga kamaydi. 

Biroq, savdo saldosi ijobiy bo‘lib, 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. O‘tgan yili O‘zbekiston Qozog‘istonning savdo sheriklari orasida 9-o‘rinni egalladi. 

2019 yilning 12 oyi davomida Qozog‘istonning O‘zbekistonga eksporti 20,9 foizga o‘sib, 2 milliard dollarni tashkil qildi. Shu jumladan, noxomashyo tovarlarning eksporti 82,6% tashkil etdi. Shu davrda O‘zbekiston Qozog‘iston tovarlari iste’molchilari orasida 10-o‘rinni egalladi. 

Qozog‘iston O‘zbekistonga asosan don, ruda va mis konsentratlari, xom alyuminiy, aralashmasiz po‘latdan yarim tayyor mahsulotlar va un eksport qiladi. 

O‘tgan yilning 12 oyida O‘zbekistondan Qozog‘istonga import 33,2 foizga kamayib, 771,2 million dollarni tashkil qildi. 

O‘zbekiston Qozog‘istonga eng yirik tovar yetkazib beruvchilar orasida sakkizinchi o‘rinda turibdi. Ushbu mamlakat Qozog‘istonga tabiiy gaz, shaftoli, gilos, etilen polimerlari, o‘rik, olxo‘ri va uzum kabi mahsulotlarni yetkazib beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан