Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston prezidenti tug‘ilgan kunni nishonlashni yoqtirmaydimi?
17.05.2020 11:30,  
410

Qozog‘iston Prezidentining matbuot kotibi Berik Uali Facebook sahifasida Prezident o‘z tug‘ilgan kunini qanday nishonlashi haqida yozdi, deb xabar beradi Kazinform.

«So‘nggi kunlarda bir qator ommaviy axborot vositalarida «Davlat rahbari o‘z tug‘ilgan kunini qanday nishonlaydi?« degan savol paydo bo‘lmoqda», - deb yozdi Berik Uali o‘z sahifasida.

Uning aytishicha, bu yil 17 may (Davlat rahbarining tavallud kuni) yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani bois, Qasim-Jomart Toqayev uyida ishlamoqda.

«Ushbu sanada hech qanday tadbir o‘tkazilmaydi. Prezident ma’muriyati xodimlari hatto tug‘ilgan kuni bilan tabriklamaslik va esdalik sovg‘alarini bermaslik haqida ogohlantirildi. Prezident bu kunni nishonlashni yoqtirmaydi. Chunki uning oilasida bunday an’ana shakllanmagan», - deb yozdi Berik Uali o‘z sahifasida.

Uning aytishicha, ammo qo‘shni davlatlar rahbarlari telefon orqali Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashlari kutilmoqda.

Hozirning o‘zida davlat va hukumat rahbarlari, parlament spikerlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan ko‘plab tabriknomalar olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан