Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus yuqtirib, kasalxonaga yotqizildi
14.06.2020 16:55,  
149

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov koronavirus bilan kasallangan, deya xabar beradi Kazinform. Bu haqda vazirning o‘zi Facebook sahifasida yozdi.

«Do‘stlar, sizlarga noxush xabar aytishga majburman. Men koronavirusga topshirgan so‘nggi sinov natijasi yomon chiqdi va menga kasallik tashxisi qo‘yildi. Afsuski, menda kasallik alomatlari sezilyapti, shuning uchun yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘laman.

Sanitariya talablariga qat’iy rioya qilishimga qaramay, epidemiya meni chetlab o‘tmadi. Bu uzoqdan yoki uyda ishlay olmaydigan ishchilar uchun ayniqsa qiyin. So‘nggi kunlarda bir qator mintaqalarda, shu jumladan tadbirkorlar, korxonalar, tibbiyot xodimlari, davlat va ommaviy axborot vositalarida yuqtirganlar soni ko‘paymoqda.

Hozir ko‘p odamlar global inqiroz va Qozog‘istondagi pandemiya sabab bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun astoydil harakat qilmoqdalar. Biz ko‘pincha shaxsiy uchrashuvlar va mintaqalarga xizmat safarlariga borishga majbur bo‘lamiz, bu holda, albatta, COVID-19 bilan kasallanish xavfi yuqori», - dedi sog‘liqni saqlash vaziri.

Yeljan Birtanov barcha qozog‘istonliklarni «shaxsiy karantin» qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning oldini olishga alohida e’tibor berilishi kerak.

1. Ishda, mashinada, ko‘chada, do‘konda va boshqa joylarda iloji boricha odamlardan uzoqroq turing;

2. Agar siz ofis ishchisi bo‘lsangiz, iloji boricha uydan ishlashga harakat qiling.

3. Qarindoshlaringiz va do‘stlaringiz bilan onlayn, videoqo‘ng‘iroqlar va boshqa yangi texnologiyalar orqali muloqot qiling;

4. Jamoat joyida niqob taqib yuring;

5. Kamida 20 soniya davomida qo‘lingizni sovun va sanitariya vositasi bilan yuving;

6. O‘zingiz va oilangizning haroratini tez-tez o‘lchab turing.

«Agar o‘zingizda zaiflik, bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i, isitma kabi alomatlarni sezsangiz, darhol shifokor bilan maslahatlashing», - deb ogohlantirdi vazir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан