Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migrantlari huquqini himoya qilish tartibi belgilandi
19.02.2020 16:40,  
234

Qozog‘iston Respublikasi Parlament Majlisi yalpi majlisida «Qozog‘iston Hukumati va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida mehnat migrantlarining mehnat faoliyati va ularning huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ma’qullandi, deb xabar berdi Kazinform muxbiri.

Kelishuvga 2019 yil aprelida QR Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifi chog‘ida Toshkent shahrida imzo qo‘yilgandi. Hujjatni imzolashdan maqsad – har ikkala tomonda migratsiyani tartibga solish va noqonuniy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish.

«Kelishuvni ratifikatsiya qilish ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonamiz. Ushbu ratifikatsiya boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ularga o‘zgartirish kiritishni talab qilmaydi. Kelishuvning kuchi har ikkala davlat o‘rtasida mehnat migrantlariga birdek qo‘llaniladi va ularning faoliyati va huquqlarini muhofaza qilishni yengillashtiradi», - dedi QR Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Birjan Nurimbetov.

Shu bilan bir qatorda, hujjatda manfaatdor davlat organlari ham belgilangan, o‘zaro munosabatdar bo‘yicha milliy qonunchilikning ustuvor vazifalari ko‘rsatilgan, xodimlarning, ishchilarning bazaviy kafolatlari belgilab qo‘yilgan.

Kelishuvga ko‘ra, mehnat migrantlarini qabul qiluvchi davlatning qonunlari va mehnat shartnomasi talablariga asosan ishchi dam olish, atrofidagilar salomatligiga xavf tug‘diruvchi kasallik bilan kasallanganda kafolatlangan bepul tibbiy yordam olish kabi huquqlarga egadir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан