Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda chet ellik fuqarolarning mamlakat hududida vaqtincha bo‘lish muddati 5 iyun kuni tugaydi
27.05.2021 07:44,  
334

Qozog‘iston vakolatli organlariga ko‘ra, 2021 yil 5 iyun kuni respublika hududida chet elliklarning vaqtinchalik qolish muddati tugaydi. COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan xorijliklarni mamlakatdan chiqib ketishiga imkoniyat bo‘lmagani bois vaqtincha bo‘lib turish muddatlari bir necha marta uzaytirilgan edi. Shu munosabat bilan chet elliklar va ularni taklif qilgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortilishining oldini olish maqsadida belgilangan muddatgacha Qozog‘iston Respublikasi hududida qolishni qonuniylashtirish so‘raladi.

Qozog‘iston hukumati xabarida ayni paytda davlat chegarasidagi yer va havo qatnovlari odatiy tarzda faoliyat yuritayotgani qayd etilgan. Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Koreya Respublikasi, Ukraina, Turkiya, Misr, Germaniya, BAA, Niderlandiya, Gruziya, Chernogoriya va Shri-Lanka kabi 15 davlat bilan muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston chegara xizmati chet ellik fuqarolarning mamlakatdan to‘siqsiz qaytishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarolaridan Qozog‘iston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turish muddati tugagan bo‘lsa, o‘zlarining yashash joyidagi ichki ishlar organlarida mamlakatda qolish holatini qonuniylashtirish yoki 2021 yil 5 iyundan oldin mamlakat hududini tark etishini tavsiya qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан