Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning huquqlari himoya qilinadi
20.04.2020 12:06,  
122

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston bilan mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi.
Bitim ikki mamlakatning mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish masalalarini tartibga soladi.

Mazkur hujjatda ikki davlat hududlarida migratsiya oqimini tartibga solish va noqonuniy mehnatning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Kelishuvga binoan, Qozog‘istonda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik hamda O‘zbekistonda ishlayotgan qozog‘istonlik mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish ta’minlanadi.

Xususan, migrantlar mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan tan jarohati olganda, kasb kasalligini orttirganda yoki faoliyati natijasida sog‘liqqa qandaydir zarar yetkazilganda, bepul tibbiy yordam kafolatlanadi.

Shuningdek, xodimga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya beriladi.

Shu bilan birga, bitimda pedagogik, tibbiy yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mehnat muhojirlarining tegishli ma’lumotga ega ekanini tasdiqlovchi hujjatlarini tan olish, pensiya va ijtimoiy ta’minot olish kabi masalalar ham ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан