Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar ulushi 29 foizga kamaydi
28.07.2020 19:31,  
412

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy bugun Hukumat yig‘ilishida qattiq karantin tadbirlari natija berganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

«Qattiq karantin choralari joriy qilinganidan beri, ya’ni 5 iyuldan boshlab uch hafta ichida 35 951 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etildi. Umuman olganda, qat’iy cheklov choralari qo‘llanilganidan beri ro‘yxatga olingan holatlar 29 foizga kamaydi.

Hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat kuniga o‘rtacha 1600 ta holatgacha barqarorlashdi. Bundan tashqari, yotoqlarning 43 foizi bo‘shadi, reanimatsiya bo‘limlari yuklamasi esa 27 foizni tashkil qilmoqda, holos», - dedi Aleksey Soy.

Unga ko‘ra, kasallikdan sog‘ayganlar ulushi 63 foizga oshgan.

«Shunday qilib, sog‘liqni saqlash tizimidagi yukning asosiy ko‘rsatkichlari kamaytirildi», - dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан