Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilgan fuqarolar yuzasidan rasmiy bayonot
24.03.2021 18:22,  
152

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarosi o‘tgan yilning noyabridan buyon Qozog‘istonda bir ish beruvchining qo‘lidan boshqasiga o‘tkazilayotgani, homilador ayolini pasportsiz vatanga jo‘nata olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu holat yuzasidan mamlakatimizning Qozog‘istondagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari hamkorlikda o‘rganish olib bordi. Haqiqatdan ham qozog‘istonlik ish beruvchi tomonidan B.Saiboyev va uning xotinini pasportlari olib qo‘yilganligi aniqlangan.

Qozog‘istonlik ish beruvchi va mas’ul tashkilotlar bilan tegishli muzokaralar olib borilib, ushbu vatandoshlarimizning pasportlarini olib berishga erishildi.

Bugungi kunda  B.Saiboyev Turkiston shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Uning ayoli O‘zbekistonga qaytarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан