Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi yo‘nalishda aviareys yo‘lga qo‘yildi
8.03.2021 22:26,  
348

"Oqtau — Urganch — Oqtau" yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘istonning "SCAT" aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-300 rusumidagi havo kemasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 7.00da Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda "Uzbekistan airports" AJ axborot xizmati xabar berdi.

Oqtau shahridan 7 nafar yo‘lovchini vohaga keltirgan samolyot Aeroport rahbariyati, Xorazm viloyati hokimligi, viloyat Transport boshqarmasi, viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan yomg‘irli favvora yordamida tantanali kutib olindi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur aviaqatnov endilikda haftaning dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida: samolyot soat 8.00da 145 nafar yo‘lovchini olib, yana o‘z manzili tomon parvoz qildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан