Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida sodir bo‘lgan YTHda o‘zbekistonliklar jabrlanmagan
29.12.2021 21:51,  
47

Kecha mahalliy vaqt bilan soat 21:40da Uzinagash qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Olma-ota — Bishkek trassasining 105-km.da «Van Hool» rusumli avtobus va «Mercedes-Benz Ye» rusumli avtomobil o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashesi ma’lumotiga ko‘ra, avtobusdagi 33 yo‘lovchidan 30 nafari mamlakatimiz fuqarolari bo‘lgan.

Yengil mashina haydovchisi yo‘lni muz qoplagani sababli boshqaruvni yo‘qotib, qarama qarshi yo‘nalishdan kelayotgan avtobus bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Yengil mashinada bo‘lgan 6 yo‘lovchidan 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, yana 3 nafari esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avtobusda bo‘lganlardan faqat uning haydovchisi jarohatlangan.

Vaziyat zudlik bilan Bosh konsulxona nazoratiga olinib, undagi barcha o‘zbekistonliklar xavfsiz tarzda Toshkentga jo‘natilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан