Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Qur’on musobaqasi”da o‘tgan 3 hafta g‘oliblari kimlar bo‘ldi?
23.01.2021 09:02,  
186

Ustoz Zayniddin qori Muhammad Yusuf xotiralariga bag‘ishlangan «Qur’oni karim musobaqasi — 1442» tanlovi hafta sayin qizg‘in bo‘lib bormoqda.

Musobaqaning hozirga qadar bo‘lgan birinchi , ikkinchi va uchunchi hafta g‘oliblari bilan tanishtirib o‘tamiz. 

1-hafta
Hifz yo‘nalishi bo‘yicha ilk hafta saralash bosqichi g‘oliblari: birinchi o‘rinni olgan Abdussamad Buzurxonov (242,5 ball) – Namangan viloyati; ikkinchi o‘ringa muvaffaq bo‘lgan Sirojiddin Jalilov (233,75 ball) hamda uchinchi o‘rin sohibi Rahmatulloh Rasuljonovlar (214,5 ball), Andijon viloyatidan edi.

Tilovat bo‘yicha saralash bosqichi 1-hafta g‘oliblari: birinchi o‘rinni olgan Habibullo Mamatov (216,5 ball) – Andijon qiloyati; ikkinchi o‘ringa muvaffaq bo‘lgan Asilbek Nazirqulov (203,5 ball) Toshkent viloyati hamda uchinchi o‘rin sohibi Bobur Shokirovlar (193 ball) – Buxoro viloyatidan edi.

2-hafta
Birinchi o‘rinni olgan Abdulqodir Axmedov  (222,5 ball), ikkinchi o‘rin egasi Rahmatulloh Abdurasulovlarning ikkalasi ham  (222 ball) – Farg‘ona viloyatidan hamda uchinchi o‘rinni Toshkent shahridan bo‘lgan Abdusamad Tojiddinovlar (217,5 ball) – egalladilar.

Tilovat bo‘yicha 2-hafta saralash bosqichi g‘oliblari: birinchi o‘rinni olgan Muhammadamin Najmiddinov (250,75 ball) – Qashqadaryo viloyatidan; ikkinchi o‘ringa muvaffaq bo‘lgan qoraqalpog‘istonlik Ilhomjon Yusupov (196,5 ball) hamda uchinchi o‘rin sohibi Toshkentdan Sardorxon Xoldorovlar (193 ball) bo‘ldi.

3 – xafta 
Birinchi o‘rin samarqandlik Muhammadrasul Narziqulov (226 ball), ikkinchi o‘rin Toshkent viloyatidan Fayzulloh Izzatullayev  (224,5 ball) hamda uchinchi o‘rin sohibi Rahmatulloh Rasuljonovlar (223 ball) Toshkent shahridan

Tilovat bo‘yicha saralash bosqichi 3-hafta g‘oliblari – farg‘onalik Abdulhafiz Tursunov  235,75 ball bilan birinchi o‘rinni olgan bo‘lsa,  ikkinchi o‘ringa muvaffaq bo‘lgan Andijon shahridan Dilmurodjon Jabbarov 233,5 ball oldi  hamda uchinchi o‘rin sohibi buxorolik qori Umid Safarov 222,25 ball yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi.

Har hafta davomida “Hifz” va “Tilovat” yo‘nalishida 1- o‘rinni egallagan g‘oliblar Ramazon oyida bo‘lib o‘tadigan super finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar. Super final g‘olibiga “Spark” avtomobili nasib etadi. Hali imkoniyat yetarli. Musobaqada ishtirok etish uchun har dushanba kuni  ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.   

Kalomi sharifning qiroatiga oshno, qalbi Kur’on tilovatiga oshiq azizlarimizni “AzonTV” va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishga chorlab qolamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан