Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherbayev boshiga qora kunlar tushdimi?
12.05.2020 01:19,  
8618

«Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev boshida qora bulutlar aylanayotgani haqida yozdi.

Tashanov advokat Umid Davlatovga tayanib yozishicha, ayni paytda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida mulkni talon-toroj qilish gumoni bilan bir necha tadbirkor 3 oydan beri ushlab turilibdi. Shunga qaramay, ularga haligacha tayinli ayblov e’lon qilinganicha yo‘q.

Ularning aytishicha, 2017 yilda tadbirkorlik sub’yektini tashkil qilish chog‘ida O‘zbekiston Oliy Majlisining deputati Rasul Kusherbayev huquqiy ko‘mak bergan. Endi tadbirkorlar mazkur “shag‘al biznesi asli Kusherbayevniki” ekanini aytishsa bo‘ldi, hammasi joyida bo‘larmish.

Yana bir gap, bundan 6-7 yil muqaddam Rasul Kusherbayev marhum otasiga ajratilgan yer uchastkasini ekilgan teraklari bilan birga mahalliy fuqarolardan biriga ehtiyoj tufayli sotgan. Endi deputatning yerini sotib olgan fuqaroni siquvga olishmoqda. Yuqoridagi kabi u ham mazkur ishga “firib” aralashganini tan olsa, hammasi joyida bo‘larkan.

"Bu yigitni hayotda ko‘rmaganman, muloqotda ham bo‘lmaganman. Uning chiqishlarini, qonunchilikka sharhlarini kuzatib hurmatim oshgan. Avtomobillar farasini yoqib yurish “islohot”ini sindirganidan tortib, “snos”lar epidemiyasiga qarshi kurashini bilaman, xolos.

Parlament saylovlaridagi debatlarda uning shijoati, pragmatik fikrlashidan ko‘nglim to‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda uni odamlar qahramonga chiqarishayotganini ko‘rib havasim kelgan. Afsus, endi esa voqealar rivoji men qo‘rqayotgan o‘zandan ketsa, uning boshiga tushadigan tashvishlardan cho‘chiyapman", deydi post muallifi.

Rasul Kusherbayevning o‘zi hali bu postga munosabat bildirmadi. Deputat oxirgi postida bo‘sh vaqt topib qozoq yozuvchisi To‘len Abdikov qalamiga mansub "Farosat maydoni" nomli to‘plamni tarjima qilganini yozdi

"Asardagi ushbu parcha inson xayolini band etarkan deydi deputat: "Uch kun ichida inson do‘zaxga ham ko‘nikadi, deyishadi. Qiyinchilikka, azob-uqubatlarga ko‘nikish balki omon qolish uchun ham kerakdir, ammo insonning gunoh va jinoyatga, adolatsizlik bilan orsizlikka o‘rganishi eng yomon, eng havfli mahoratdir".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан