Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherbayev: "Uzavto Motors" monopoliyasi o‘zbekistonliklarni kulguga qoldirmoqda
23.09.2021 18:47,  
455

Qozog‘iston televideniyesida “GM” dan avtomobil sotib olish uchun oylab kutayotganlar haqidagi mavzu yoritildi. 

"Oldindan pulini to‘lab qo‘yib avtomobilini ola olmayotgan o‘zbekistonliklar safi 30 mingdan ortdi... Shunga qaramay kompaniya Tojikistonda o‘z dilerlik punktini ochgan", deyiladi xabarda.  

Deputat Rasul Kusherbayev bu haqda o‘z munosabatini e’lon qildi:

Mamlakat ichida hurmati deyarli qolmagan monopolistdan xalqqa foyda yo‘qligi allaqachon ma’lum bo‘lgan. Xatto Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu haqida aytib o‘tgan.  

Shuncha zarari yetmagandek ushbu "imtiyozxo‘r monopolist"ning xalqaro hamjamiyat va horijda ham misqollab yig‘ilgan mamlakat obro‘si, imidjini  tushirib,  o‘zbekistonliklarni boshqa xalqlar oldida kulguga qoldirayotgani alamli!

️Haqini to‘lab, avtomobilini ololmayotgan iste’molchilarga avtomobil yetkazib berish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayni vaqtda horij avtomobillariga nisbatan bojlarni tushirish eng to‘g‘ri yo‘l. Buni hukumatdagi amaldor va mutaxasssislar qo‘llab-quvvatlashlari kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан