Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherbayev: "Xususiylashtirish jarayonlari to‘liq jamoatchilik nazorati ostida bo‘lishi lozim"
16.02.2021 20:34,  
299

Afsuski, mamlakat kelajagiga daxldor bo‘lgan muhim masala- xususiylashtirish jarayonlari tor doiradagi shaxslar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Jamoatchilik shu jumladan, aholining turmush darajasi va infratuzilmasi pastligidan doimiy shikoyat va e’tirozlarini eshitishga majbur, hal qilishning real richagi cheklangan deputatlarda ham bu jarayonlarning xolisligiga shubhalari ortib bormoqda.

Chunki davlat ulushi bo‘lgan har qanday tashkilotda xalqning ham ulushi bor. Xalq davlatning birdan bir manbai va uning boyligi kimga, nima uchun berilayotganini bilishga va buni  o‘zgartirishga to‘la haqqi bor. Toki unga ham tegishli boylikka kimlar egalik qilmoqchi-yu, nega unga ichimlik suvi yetib kelmagani, uning farzandi borayotgan maktab yo‘li nima uchun abgorligini bilib olishi uchun.

Shu sababdan ayni vaqtdagi har qaysi xususiylashtirish bilan bog‘liq masala keng jamoatchilik eng kamida parlamentga hisob berib, xalq vakillari takliflarini inobatga olish shaklida amalga oshirilishi kerak.

Masalan, Coca-cola kompaniyasi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Ucell brendi ostida uyali aloqa xizmati bilan shug‘ullanayotgan Coscom MChJning davlat ulushini sotish yoki boshqa tashkilotga o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlarning har biri haqida yaqin kunlardayoq tashkilotchilar parlamentda OAV ishtirokida ochiq oshkora hisob berishlari shart. Shunda jarayonlar shubhali va bir to‘da shaxslar manfaati lobbisi uchunmi yo‘qmi xalq buni bilib, real baxosini bera oladi.

Agar jarayonlar davlat yoki tijorat siri kabi asoslar bilan yopiladigan bo‘lsa demak, jamoatchilik bunda "davlat manfaati" niqobi bilan bir to‘da shaxslarning manfaati uchun harakat qilinayapti, degan xulosaga kelishi mumkin(Aslida xavfsizlik va harbiy sohadan tashqari xalqdan yashiriladigan sirning bo‘lishi noto‘g‘ri).

Xususiylashtirish jarayonlari haqiqatan ham shu xalq, shu yurt manfaati uchun qilinayotgan bo‘lsa biz jarayonlarning jamoatchilik va parlament ko‘z o‘ngida amalga oshirilishiga tashkilotchilardan  iroda kutamiz. Har qalay buni tashkil qilayotgan shaxslarning ham o‘zlari va avlodlari bir umr shu yurtda yashaydi. Yo undaymasmi?

Bunga munosabat, iroda va tashabbusni  kutamiz!..

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан