Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ravshan Mahammadjonov WBC kamarini qo‘lga kiritdi
5.09.2020 16:50,  
364

Moskva shahridagi professional boks oqshomida o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustasi Ravshan Mahammadjonov ringga ko‘tarildi.

Hamyurtimizning bu safargi jangi 23 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi WBC kamari (birinchi o‘rta vazn) uchun tashkil etildi.

Ushbu bahsda bokschimizga ukrainalik Volodimir Gordiyenko raqiblik qildi.

Qayd etish joiz, Ravshan ikkinchi raundda o‘tkazib yuborilgan zarba natijasida nokdaun holatiga tushib qoldi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Yakunda g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. Quvonarlisi yakunda har uchchala hakam ham bokschimizning g‘alabasini (77-74, 77-74, 76-75) qayd etdi.

Shu tariqa, Mahammadjonov birinchi o‘rta vazn toifasida WBC Youth kamarini qo‘lga kiritdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан