Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilindi
28.12.2021 13:26,  
90

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi boshlandi. Unda qator qonun loyihalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Majlis “O‘zbekiston”, “UzReport” telekanallari hamda Qonunchilik palatasining feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Deputatlar ko‘pdan buyon keng jamoatchilikning e’tiborini tortgan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqdalar.

Qonun loyihasida reklamaning aylanishi sohasida Vazirlar Mahkamasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (reklama sohasidagi vakolatli davlat organi), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aniq vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Mazkur hujjat bilan reklama va OAV sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlar hamda ularning faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarning oldini olish maqsadida ayrim normalar bekor qilinmoqda.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан