Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Respublikada chang-g‘uborlar yaqin kunlar ichida saqlanib qolishi ehtimoli bor" – O‘zgidromet
5.11.2021 18:39,  
196

Bugun AOKAda "O‘zgidromet" markazi axborot xizmati rahbari ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Kuzatishlar natijasiga ko‘ra, bunday holat 150 yil ichida kuzatilmagan. Respublika hududlarida keskin shamollar natijasida iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, chang-g‘ubor hodisalari kuzatilgan hamda ushbu jarayonlar shamol to‘xtashi bilan 15-20 daqiqa vaqt oralig‘ida tarqalgan.

Ma’lum qilinishicha, respublika hududida 12 noyabrga qadar yog‘ingarchiliklarni (janubiy viloyatlardan tashqari) kuzatilmasligi turli xil iqlimiy model, sun’iy yo‘ldoshlardan olinayotgan real vaqtdagi tasvirlar, yer usti va atmosfera qatlamlaridagi ob-havo xaritalari tahlili asosida mutaxassislar tomonidan prognoz qilinmoqda.

Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, atmosfera havosida chang-g‘uborlarini yaqin kunlar ichida saqlanib qolish ehtimolligi mavjud.

Toshkent shahrida atmosfera havosini chang-g‘uborlar bilan me’yordan ortiq ifloslanishi bo‘yicha Toshkent shahrida mahalliy vaqt bilan 18:21 da atmosfera havosining ko‘rinuvchanligi 200 metrdan past darajada kuzatilib, havodagi nisbiy namlik omili bilan birgalikda chang-g‘ubor hodisasi qayd etildi.

Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me’yordan 5 baravarga, keyinroq mahalliy vaqt soat 21:00 va 23:00 orasida 30 baravargacha ko‘tarilishi qayd etildi.

Soat 23:00 dan boshlab havo tarkibidagi chang miqdorini pasayish tendensiyasi kuzatildi va bu davr oralig‘ida chang miqdori ruxsat etilgan me’yoriy ko‘rsatkichdan 10 baravar yuqoriligi saqlanib qolmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан