Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rishtonda “O‘zbek-tojik” do‘stlik jamiyati ochildi
16.10.2020 10:28,  
85

Farg‘ona viloyatida tojik millatiga mansub qariyb 300 mingga yaqin fuqaro istiqomat qiladi. Tojik milliy madaniy markazi samarali faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 26 ta maktabda ta’lim tojik tilida olib boriladi. Farg‘ona davlat universitetida tojik tili yo‘nalishi mavjud hamda 100 nafar talaba tahsil olmoqda.

Tojikiston hukumati tomonidan Rishton tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti bunyod etilmoqda. 

Tojik milliy madaniy markazi ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy so‘zga chiqib, yangi markaz o‘zbek-tojik xalqlarining an’anaviy do‘stligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Mehmonlar “O‘zbek-tojik” do‘stlik jamiyatida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bu yerda tashkil etilgan kutubxonaga tojik tilida nashr etilgan kitoblar va esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан