Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ronald Kuman «Barselona» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi
28.10.2021 09:12,  
68

Ronald Kuman Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub tomonidan rasman ma’lum qilindi. 

«Barselona» unga klub oldidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi va professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi», deyiladi jamoa bayonotida. Ta’kidlanishicha, bugun Kuman jamoa bilan rasman xayrlashadi.

Bunday qarorga kelinishiga, «Barselona» 27 oktyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida «Rayo Valekano»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergani sabab bo‘lgan. O‘tgan turda esa jamoa «Real Madrid» 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygan edi. Mamlakat chempionatida «Barselona» 10 ta o‘yinda 15 ochko to‘plab, turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. 

Chempionlar ligasida esa uch turning bittasida g‘alabaga erishgan. Jamoa «Benfika» va «Bavariya»ga bir xil — 0:3 hisobida mag‘lubi bo‘lgan va o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kuman 2020 yilning avgustida «Barselona»ga bosh murabbiy bo‘lgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida 67 o‘yinda jamoani boshqargan murabbiy 40 uchrashuvda g‘alaba qozongan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан