Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ronaldu mavsumning ramziy terma jamoasiga kiritilmadi
26.05.2021 21:51,  
157

"WhoScored" portali Yevropaning eng yaxshi 5 chempionati(Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya)da o‘ynagan futbolchilardan iborat mavsumning ramziy jamoasini taqdim etdi.

E’tiborlisi, ushbu jamoa tarkibiga Italiyaning "Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kiritilmagan.

Ramziy jamoa bilan tanishing: 

Darvozabon: Damian Martines («Aston Villa», Angliya).

Himoyachilar: Joau Kanselo («Manchester Siti», Angliya), Mats Xummels («Borussiya» Dortmund, Germaniya), Villi Orban («Leypsig», Germaniya), Teo Ernandes («Milan», Italiya).

Yarim himoyachilar: Jerardo Moreno («Vilyarreal», Ispaniya), Kevin De Bryuyne («Manchester Siti», Angliya), Joshua Kimmix («Bavariya», Germaniya).

Hujumchilar: Kilian Mbappe ("Parij Sen-Jermen", Fransiya), Lionel Messi («Barselona», Ispaniya), Robert Levandovski («Bavariya», Germaniya).

Yakunlangan mavsumda Ronaldu Italiya chempionatida 33 uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 29 ta gol kiritgan.

Ronaldu besh karra «Oltin to‘p» sohibi. U 2016 yilda Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан