Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya bozorida O‘zbekiston avtomobillariga talab tushib ketdi
15.02.2021 21:40,  
769

Rossiya bozorida Chevrolet avtomobillariga talab kutilganidan bir necha barobar kam bo‘lib chiqdi va bu holatning yaqin kelajakda o‘zgarishi qiyin. Bu haqda “Rambler” media-portali yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha yil O‘zbekistonning Ravon markasi ostida taklif qilingan avtomobillar 2020 yilning yozida Rossiya bozoriga Chevrolet markasi ostida Spark, Nexia va Cobalt modellari bilan qaytgan.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, 2020 yilning yozida Chevrolet’ning distribyutor-kompaniyasi rahbari Vadim Artamonov Rossiyaga qaytgan Spark, Nexia va Cobalt modellaridan yil oxiriga qadar 10 ming dona sotishni reja qilganini aytgan. 2020 yil kuzida esa Artamonovning rejasi 10 mingdan 3 mingga tushgan. Biroq yil yakunida haqiqiy ko‘rsatkich bundan ham “kamtarroq” ko‘rinishda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Nashrning yozishicha, “Keles Rus” distribyutor-kompaniyasi o‘z natijalari bilan baham ko‘rishni istamagan hamda Chevrolet sotuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Rossiya bozorining oylik statistikasiga ham kiritilmagan. 

Biroq, brendning Rossiya bozoridagi “muvaffaqiyati” Gosavtoinspeksiyaning statistikasida ko‘rinish bergan. Unga ko‘ra, 2020 yilda atiga 694 dona O‘zbekistondan keltirilgan Chevrolet sotilgan. Shundan 455 tasi Cobalt, 206 tasi Nexia va 33 donasi Spark hisobiga to‘g‘ri keladi.

Taqqoslash uchun: Rossiya bozorida Nexia, Cobalt, Spark birgalikda olti oy davomida deyarli yetti yuzta sotilgan bo‘lsa, Kia Rio‘ning bir o‘zi uch kun ichida shuncha miqdorda sotilgan.

Nashrning yozishicha, avtomobillar ochiqchasiga eskirgan. Masalan, Nexia – 2002 yilgi Chevrolet Aveoning biroz yangilangan varianti, Cobalt esa 2011 yildan beri o‘zgarishsiz ishlab chiqarilmoqda. Bu tashqi ko‘rinishda ham, ichki dizaynda ham, jihozlarda ham seziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан