Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ilon Maskka qasdan Rossiya ham o‘zining "SpaceX"ini yaratmoqchi
30.09.2019 17:26,  
219

Roskosmos xususiy kompaniyalarga yangi raketa ishlab chiqarishni ishonib topshirish niyatida. Bunday kema Ilon Mask kemasiga raqobatchi bo‘lishi rejalashtirilgan, ammo mutaxassislar ushbu qurilmaga talab paydo bo‘lishiga shubha qilishmoqda.

Rossiyaning «Xalqaro kosmik transport tizimlari» (XKTT) xususiy kompaniyasi Xalqaro kosmik stansiyaga yuklarni yetkazib berish va ularni qaytarib Yerga olib tushadigan arzon transport vositalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda. Hozircha Rossiyada bir necha marta foydalaniladigan havo kemalari yo‘q.

«Bir necha marta foydalaniladigan yuk kemalari Roskosmos, Rosatom va Rostex bilan hamkorlikda yaratiladi», — deydi XKTT. Kemaga Oltin mo‘ynani izlab yo‘lga chiqqan qadimgi yunon mifidagi argonavtlar kemasi sharafiga «Argo» deb nom qo‘yiladi. Ushbu kema XKSga 2 tonnagacha yukni yetkazib berishga va bir tonnagacha yuk bilan ortga qaytishga qodir.

Kema 20 martagacha uchish va qo‘nishi rejalashtirilmoqda. Kema korpusini kompozit materiallardan yig‘iladi, buning uchun alohida montaj va ishlab chiqarish kompleksi quriladi. Ehtimoliy qurilish mumkin bo‘lgan joylar Qozog‘iston, Voronej va Moskva viloyatining hududlari hisoblanadi.

Kema foydalanish davrining qiymati, shu jumladan foydalanish soniga qarab ishlab chiqarish, parvozga tayyorgarlik, parvozga tayyorgarlik, qo‘nish va yangi parvozdan oldin jarayonga tayyorgarlik, taxminan 11,5 million dollarni xarajatni talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, SpaceX 2002 yilda amerikalik ishbilarmon, Tesla va PayPal asoschisi Ilon Mask tomonidan yaratilgan, kosmik vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad oddiy odamlarni ochiq fazoga olib chiqish hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан