Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya “urush” so‘zini hattoki talaffuz qilishni ham xohlamaydi – Dmitriy Peskov
20.02.2022 21:01,  
137

Rossiya «urush» so‘zini aytadigan eng oxirgi davlatdir. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Eslatib o‘tamiz, Rossiya o‘z tarixi davomida hech qachon hech kimga birinchi bo‘lib hujum qilmagan. Shunchalik ko‘p urushlardan omon qolgan Rossiya Yevropada hattoki “urush” so‘zini talaffuz qilishni xohlamaydigan davlatdir. Rossiya uchun kimgadir hujum qilish mantiqiy emas.», dedi Peskov.

Uning fikricha, har kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi sanasini e’lon qilayotgan G‘arbning harakatlari provokatsiondir va keskinlikning kuchayishiga olib keladi.

«Gap shundaki, bu bevosita keskinlikning kuchayishiga olib keladi. tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin», – deya qo‘shimcha qildi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval AQSh prezidenti Jo Bayden BMT Milliy xavfsizlik kengashining Ukraina masalasi bo‘yicha yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi. Uchrashuv 20 fevral, yakshanba kuniga belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан