Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada ichida 13 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus avtohalokatga uchradi
10.12.2021 18:11,  
240

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra , 2021 yilning 9 dekabr kuni Rossiyaning Ardatov tumani Ideal qishlog‘i yaqinidagi Ardatov–Arzamas mahalliy trassasida “Progress” MChJga tegishli ish avtobusi va "Kamaz" yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH vaqtida avtobusda ketayotgan 22 yo‘lovchining 13 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Avtohalokat oqibatida tan jarohati olgani sababli 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi Nijniy-Novgorod viloyati M.Vladimirskiy nomidagi shahar tez tibbiy yordam kasalxonasiga yotqizilgan.

Avtohalokat oqibatida tan jarohati olgan o‘zbekistonliklarning ahvoli qoniqarli bo‘lgani sababli tegishli tibbiy xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng, shu kunning o‘zida ularga kasalxonadan javob berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан