Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada kasallanish holatlari ko‘paygani yurtimizda ham kasallanish darajasi oshishi ehtimolini paydo qiladi
23.10.2021 18:40,  
327

Koronavirus qariyb ikki yildirki, dunyo mamlakatlarini tark etgani yo‘q. Kasallik sur’ati goh ko‘tarilib, goh pasayib, insonlar salomatligiga zarar keltirmoqda. Misol uchun, ommaviy axborot vositalaridan so‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasida kasallanish holatlari keskin oshganini ko‘rish mumkin.

Xo‘sh, ushbu holat yurtimizda ham kasallanish darajasi oshishi ehtimolini paydo qiladimi? O‘zbekistonda lokdaun e’lon qilinish ehtimoli bormi?

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev quyidagicha fikr bildirdi:

– Yurtdoshlarimizning xavotirlarini tushunib turibman, – dedi B.Yusupaliyev. – Ammo bugungi kunda hech qanaqa lokdaun haqida gap bo‘lishi mumkin emas va barcha harakatlar shunga qaratilgan. Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasida kasallanish holatlari ko‘tarilgani yurtimizda ham kasallanish darajasi oshishi ehtimolini paydo qiladi. Lekin bizning chegaralarda nazorat har qachongidan ham kuchaytirilgan, yurtimizga 72 soatlik PZR testi topshirilgan holdagina chetdan kirish mumkin. Bordiyu, fuqarolarda test bo‘lmaganda, chegarada ekspress-test topshiriladi. Lokdaun holatining oldini olishning yana bir yo‘li jamoaviy immunitetni shakllantirishdir. Buning eng samarali usuli ommaviy emlash. Agar biz aholining kamida 60 foizini emlay olsak, jamoaviy immunitetni shakllantirgan bo‘lamiz. Shunda bizga hech qanday lokdaun xavf sola olmaydi. Hozirga kelib emlanishi lozim bo‘lgan 21 million nafardan oshiq aholining 13 million nafari birinchi doza vaksinalarini olib ulgurdi — deya yozmoqda UzA.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан