Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyada migrantlar orasida jinoyat sodir etish ko‘paydi
21.03.2021 15:39,  
271

Rossiyada joriy yilning ikki oyi davomida xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sodir etgan jinoyatlar soni o‘sdi. Buni Rossiya IIV statistikasiga tayanib Sputnik sayti yozmoqda.
“Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 6,2 mingta jinoyat sodir etilgan. Bu 2020 yil yanvar-fevral oyiga qaraganda 1,9 foizga ko‘proq”, - deyilgan xabarda.
Shulardan 4,8 mingta jinoyatni MDH fuqarolari sodir etgan va bu 12,6 foizga kam.
IIV hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, Rossiyada chet el fuqarolariga nisbatan jinoyatlar soni 8,4 foizga kamaygan. Ikki oy davomida 2,3 mingta shunga o‘xshash jinoyat qayd etilgan.
Rossiyada yanvardan fevral oyiga qadar 137,2 ming kishi jinoyat sodir etilgani aniqlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 2,2 foizga kam.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан