Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari faoliyati qonuniylashtiriladi
18.04.2021 08:27,  
422

Tashqi mehnat migratsiyasi  Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini  2021 yilning 15 iyuniga qadar yashash joyidagi  Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali faoliyatlarini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqirdi. Bu haqida agentlik o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi telegram kanalida e’lon qilgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yil 18 aprelda Rossiya  Prezidentining “Yangi koronavirus (SOVID-19) infeksiyasining tarqalishi xavfi tufayli chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Farmon doirasida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi diplomatik vakolatxonlari hamkorligida 2020 yil mamlakatda  vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 50 ming 700 nafar fuqarolar maqomi qonuniylashtirilgan.

Avvalroq, Rossiya joriy yilning 15 iyuniga qadar noqonuniy muhojirlarni mamlakatni tark etishga chaqirgan edi.

Xabarda keltirilishicha , mailakat Ichki ishlar vazirligi bilan o‘rnatilgan hamkorlik asosida huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan 300 ming nafardan ortiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ro‘yxati shakllantirilgan.

Ularning O‘zbekistondagi manzillari bo‘yicha mahallabay o‘rganishlar asosida uyma-uy yurib,  oila a’zolariga holat yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

Bunda Ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish chorlari qo‘llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati berilishi ko‘zda tutilmoqda, deyiladi xabarda.

Noqonuniy muhojirlar ushbu masala yuzasidan  O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi, Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан