Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyalik bloger dron tufayli Buxoro aeroportida hibsga olindi
4.02.2022 00:03,  
384

Rossiyalik sayyohlik blogeri O‘zbekistonda dron tufayli hibsga olindi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Elchixonaga olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning 2 fevral kuni Rossiya fuqarosi 1988 yilda tug‘ilgan Maksim Valentinovich Buxoro aeroportidan Novosibirskka uchayotgan vaqtda uning yonida dron topilgani sababli qo‘lga olindi.

«Men O‘zbekistonga mamlakat bo‘ylab sayr qilish hamda mahalliy go‘zalliklarni tomosha qilish uchun bordim. Bojxona nazoratidan o‘tdim, barcha jihozlar yukim bagajimda edi. Mendan sumkamda nima borligini so‘rashdi. Foto va video texnikasi borligini aytdim. Ruxsat berishdi, barchasi shu», - dedi sayohatchi bloger O‘zbekistonga kelganida bojxona nazoratidan o‘tish tartibi to‘g‘risida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 7 kunlik mamlakat bo‘ylab sayohat qilganidan so‘ng, u Novosibirskka uchmoqchi bo‘lgan, biroq vataniga qaytib kela olmagan.’

«Ketish kuni esa ro‘yxatdan o‘tdim, keyin yukimni ro‘yxatdan o‘tkazdim. Bojxona nazoratidan o‘tib, pasport nazoratiga bordim, o‘sha yerda muhr qo‘yishdi. Shundan keyin xodim kelib, ortga qaytishimni so‘radi. Hammasini oching deyishdi, ochdim. Dronni ko‘rishganlarida tez yugura boshlashdi va meni boshliqning kabinetiga olib borishdi», - deydi bloger.

«O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, og‘irligi 250 grammdan ortiq bo‘lgan kvadrokopterlar majburiy ro‘yxatga olinishi kerak. Lekin, texnika bor-yo‘g‘i 249 grammni tashkil etadi (buni ishlab chiqaruvchi tomonidan dron haqidagi xususiyatlar yozilgan hujjat ham tasdiqlaydi) va shuning uchun u bu qoidaga bo‘ysunmasligi kerak edi», - degan bloger

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан