Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Sabru sadoqat”: Said bilan Saida haqida serial namoyish etiladi
31.05.2020 22:58,  
380

“O‘zbekkino” MA tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab besh qismli “Sabru sadoqat” nomli serial joriy yilning 8-12 iyun kunlari yurtimizning barcha davlat va nodavlat telekanallari: " Oʻzbekiston," "Bolajon"," Oʻzbekiston tarixi", "Oilaviy"," Yoshlar", "Mahalla"," Sevimli TV", "ZO'R TV",' MY5"," Milliy", "Uzbekistan-online.uz"da  namoyish etiladi. 

“Sabru sadoqat” “O‘zbekkino” MAning maxsus loyihasi bo‘lib, serial yozuvchi va uning rafiqasi Saida Zunnunova hayotiga bag‘ishlanadi. Filmda mehr-muhabbat, ulkan bardosh, kuchli matonat, bukilmas iroda, yengilmas g‘urur haqida hikoya qilinadi. Kinoserial 1950-1955 yillardagi real voqeliklarga asoslangan. Rejissyor Hamidulla Boboqulov "Sabru sadoqat" teleserialini Nozim Abbosovning "Said bilan Saida" filmi asosida suratga olgan. 

"Ushbu maxsus loyiha hammamizga qadrdon «Said bilan Saida» filmiga kiritilmay qolgan yangi sahnalar bilan boyitildi. Bu tomoshabinlar uchun Said Ahmadning 100 yillik to‘yiga haqiqiy tuhfa bo‘ladi. Buyuk yozuvchi haqidagi serialni suratga olish esa Nozim Abbosovning ezgu orzusi edi va bu orzu endilikda ro‘yobga chiqadigan bo‘ldi,” – deya ta’kidlanadi “O‘zbekkino” Milliy agentligi axborotida. 

Said Ahmadning asarlari kirib bormagan uy, qalb bo‘lmasa kerak. Har bir ijodkor, kitobni sevishni bilgan har inson borki, Said Ahmad asarlarini o‘qimay katta bo‘lmagan. Ayniqsa, yozuvchining pesalari katta shon-sharaf va mashhurlik keltirgani barchamizga ayon. Jumladan, ular ichida "Kelinlar qo‘zg‘oloni" komediyasi alohida ajralib turadi. Ushbu asar teatrda,  kinoda  o‘z o‘rnini topgandan so‘ng Said Ahmad nomini o‘zbek adabiyoti klassik namoyondalari qatoriga ko‘tardi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin yozuvchining bu komediyasi dunyoning 14 ta mamlakatida sahnalashtirilgan. Va nihoyat bugun shunday unutilmas asarlarni xalqiga meros qoldirgan adib haqida, uning yorqin xotirasiga bag‘ishlab “Sabru sadoqat” filmi suratga olindi. 

Shuningdek, 8-12 iyun kunlari yurtimiz teleekranlarida Said Ahmad  ssenariylari asosida suratga olingan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “To‘ylar muborak” va “Muhabbat mojarosi” filmlari sifati yaxshilangan holatda tomoshabinlar e’tiboriga qayta taqdim etiladi.

Nilufar Murodova

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан