Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sadir Japarov Qirg‘izistonning hududiy yaxlitligiga tahdid haqida gapirdi
3.05.2021 13:50,  
485

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning aytishicha, Tojikiston bilan chegara hududidagi mojaro mamlakat hududiy yaxlitligini tahdid ostiga qo‘ymoqda. 

«28-30 aprel Qirg‘iziston xalqi uchun og‘ir tarixiy sinovlar va qayg‘uli kunlar bo‘ldi. Muqaddas Vatanimizning hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid tug‘ildi, tinch odamlarning osudaligi buzildi», degan Japarov Tojikiston bilan chegara hududida yuz bergan mojaro haqida.

Tojikiston bilan chegara hududida yuz bergan mojaro tufayli Qirg‘izistondagi 78 ta uy zarar ko‘rgan. Qirg‘iziston mojaro hududidan 33 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida tojik tomoni o‘z hududi deb hisoblagan «Bosh» suv taqsimlash punkti hududida mahalliy aholi o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan edi. Keyin u qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi va oqibatda 40 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi, 200 dan ortiq odam jarohat oldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан