Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saida Mirziyoyeva Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti forumida ishtirok etdi
22.12.2021 15:39,  
64

«Bugun Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari Yetakchi ayollari Muloqoti forumi bo‘lib o‘tdi. Unda men ham ishtirok etdim», deb yozadi Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari.
 
Qayd etilishicha, forumda bugungi kunda mintaqa davlatlari oldida turgan vazifalar va muammolarga katta e’tibor qaratildi. Ularni hal etish uchun barcha resurslarni to‘liq safarbar etish zarur bo‘lgan vaqt kelgani qayd etildi. 

«Bunday asosiy resurslardan biri - kuchli, faol, aqlli va o‘qimishli ayollardir. Ammo xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda o‘z salohiyatini namoyon eta olishi uchun sharoit va teng imkoniyatlar yaratish zarur», deydi Saida Mirziyoyeva.

Foto: t.me/SShMirziyoyeva
Foto: t.me/SShMirziyoyeva

Ma’lumot uchun, joriy yilning avgust oyida Turkmanistonda Markaziy Osiyo yetakchi ayollarining muloqot forumi bo‘lib o‘tgandi.

Forumda O‘zbekistonda hukumatning yuqori pog‘onalarida ayollar ulushi darajasi 26,6 foizga yetgani, O‘zbekistonda davlat tuzilmalarida ishlash uchun 15 ming nafar yuqori malakali ayollardan iborat mustahkam kadrlar zaxirasi shakllantirilgani qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан