Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saida Mirziyoyeva noyob o‘ymakor panno haqida ma’lum qildi
13.11.2021 21:01,  
309

Samarqanddagi Kofirqal’adan topilgan, VIII asrga oid noyob o‘ymakor pannoni tarkibiy restavratsiya qilish ishlari yakunlandi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari ma’lum qildi.

«Kamida 1300 yillik tarixga ega ushbu bebaho artefakt Samarqand yaqinida olib borilgan qazilma ishlari vaqtida topilgan bo‘lib, Luvr muzeyida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada eksponatlar safidan joy oladi.

Qal’ani o‘rganish paytida yog‘och panellar bilan bezatilgan va taxt zali deya taxmin qilinayotgan xona topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, xona yong‘indan jiddiy zarar ko‘rgan.

Eng hayratlanarlisi, aynan yong‘in tasvirlarning saqlanib qolishiga sabab bӯlgan: yog‘och shu kungacha chirib ketgan bӯlardi, ammo uning kuygan qismlarida tasvir saqlanib qolgan.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Luvr muzeyi mutaxassislari hamkorligida pannoni qayta tiklash ustida jiddiy ish olib borildi. Endilikda qadimgi ustalarning nozik o‘ymakorlik ishlaridan bahramand bo‘lish imkoniyati tug‘ildi», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан