Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Katta Langar Qur’oni sahifalari saqlab qolindi
13.06.2021 21:03,  
110

O‘zbekistonda saqlanib kelinayotgan VIII asrga oid Katta Langar Qur’oni sahifalarini restavratsiya qilish ishlari yakunlandi. Restavratsiya ishlari 2019 yilda, o‘sha vaqtda AOKA direktori o‘rinbosari bo‘lgan Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan boshlangandi.

Uni restavratsiya qilish ishlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining restavratsiya laboratoriyasida olib borilgan. Jarayonda Luvr muzeyi restavratorlari Aksel Delo va Aurelya Streri, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining mudiri Kamoliddin Mahkamov va kutubxonaning yetakchi mutaxassisi, restavrator Saidrahmat Ikromov, O‘zbekiston milliy kutubxonasi konservatsiya va restavratsiya bo‘limi bosh mutaxassisi Shuhratilloh Po‘latov, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining Madaniy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bobur Mirzo Sayomov ishtirok etgan.

Restavratsiya ishlari 3 bosqichda amalga oshirilgan.

Birinchi bosqichida (2019 yil 7—16 noyabr) restavratsiya rejasi tuzilgan, Qur’on holatining yozma tavsiflari va fotofiksatsiyalari amalga oshirilgan. Sahifalar alohida varaqlarga ajratilib, sahifalar chetlari yirtilib ketishiga olib kelgan eski proshivkasi olib tashlangan.
Ikkinchi bosqichda (2020 yil 5—12- fevral) muqaddas kitobning 13 ta sahifasini bevosita tiklash ishlari amalga oshirilgan va ularni 15 oyga maxsus press ostida saqlash bilan yakunlangan.

Yakuniy bosqichda (2021 yil 25—29 may) sahifalar press ostidan olinib, unga imkon qadar dastlabki ko‘rinishini qaytarishga harakat qilingan va yaxshi saqlanishi uchun maxsus qadoqlarga joylashtirilgan.

Katta Langar Qur’oni sahifalari Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi «Langar ota» masjidida uzoq saqlangani uchun shu nomni olgan. Ilmiy izlanishlarga ko‘ra, u VIII asrning so‘nggi choragida — arab tili grammatikasi shakllantirishi paytida yaratilgan. Ekspertlarning fikricha, Katta Langar Qur’oni qo‘lyozmasining umumiy hajmi 206 sahifa bo‘lib, bugungi kungacha undan  97 ta sahifasi saqlab qolingan. Shundan 17 ta sahifa O‘zbekistonda saqlanmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning ta’kidlashicha, dunyoda Katta Langar Qur’oni faqat bitta nusxada mavjud. Uning 13 sahifasini restavratsiya qilish juda og‘ir va murakkab bo‘ldi. Shu bilan birga, O‘zbekiston musulmonlari idorasi yaqinda Sankt-Peterburgda saqlanayotgan Katta Langar Qur’onining 81 varaq faksimile nusxalarini olib keldi.

«Shunday qilib, ushbu noyob qo‘lyozma asrlar davomida bizda saqlanib, avloddan avlodga meros bo‘lib boradi», — degan Usmonxon Alimov.

«Katta Langar Qur’oni sahifalari yana ko‘p asrlar nafaqat biz – o‘zbekistonliklar, balki butun dunyo musulmonlari, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddamiz», — degan Saida Mirziyoyeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан