Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Salar» atrofidagi barcha korxonalar faoliyati to‘xtatildi
6.06.2021 22:01,  
1014

Poytaxtimizning «O‘zgarish» va «No‘g‘oyqo‘rg‘on» mahallalari aholisini qiynab kelayotgan yoqimsiz hid muammosi nimalarga bog‘liq ekanini o‘rganish hamda mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar hokimining topshirig‘iga asosan ishchi guruh tashkil etilgan edi.

"O‘zsuvta’minot" AJ axborot xizmati ma’lum qilishicha, Sanitariya-epideomiologik osoyishtalik va jamoat nazorati xizmati, ekologlar, boshqa turli soha mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh o‘z faoliyatini uch yo‘nalishda olib bormoqda. 

Birinchi yo‘nalishda «Salar» oqova suvlarni tozalash inshootining ish faoliyati to‘liq o‘rganilib, uskunalar, texnik va texnologik holat tahlil etilmoqda.

Ikkinchi yo‘nalishda "O‘zgarish” va «No‘g‘oyqo‘rg‘on» mahallalari hududidagi korxonalar faoliyati va ularning «Salar» oqova suvlarni tozalash inshootiga chiqarayotgan tashlamalari atroflicha o‘rganilmoqda. 

Uchinchi yo‘nalishda Salar kanali ko‘zdan kechirilib, unga noqonuniy chiqindilar tashlash holati aniqlanmoqda.

5 iyun kuni Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, «Salar» oqova suvlarni tozalash inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati ma’lum muddatga to‘xtatilgan edi. Kuzatuvlarga ko‘ra, ular ishlamayotganda kechki payt inshootda hech qanday yoqimsiz hid sezilmadi.

Ayni paytda «Salar» inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati to‘xtatildi va ishchi guruh hamma ob’yektlar, jumladan, inshoot faoliyatini atroflicha o‘rganmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан