Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand Xalqaro xayriya yarim marafoni o‘tkazildi (foto)
4.11.2019 09:52,  
111

3 noyabr kuni Samarqand shahri mezbonligida O‘zbekistonda ilk marta o‘tkazilayotgan Xalqaro xayriya yarim marafoni start oldi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining ma’lum qilishicha, ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov qatnashdi.

Ushbu xayriya yarim marafoni Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi hamda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida “Koʻngil koʻzi” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Yugurishga Registon maydoni yonida start berildi. Ishtirokchilar yo‘nalish bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek madrasasi, “Sherdor” madrasasi, “Tillakori” madrasasi, “Ruhobod” maqbarasi, “Go‘ri Amir” maqbarasi, “Afrosiyob” shaharchasi, “Hazrati Xizr” maqbarasi, “Xo‘ja Doniyor” maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi-Zinda ansambli, Siyob bozori, Bibi Xonim masjidlari yonidan o‘tdi.
Musobaqada dunyoning 23 mamlakatidan tashrif buyurgan mingdan ortiq sportchilar bilan birga o‘zbekistonlik atletlar, senatorlar, deputatlar, ishbilarmonlar, hokimlik vakillari, jurnalistlar va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar hamda shunchaki sport ixlosmandlari qatnashishdi.

Xayriya yarim marafoni 2 km, 10 km va 21,1 km masofalarda o‘tkazildi. Ishtirokchi ayollar o‘rtasida eng yoshi ulug‘ sportchi — 72 yoshli Amegulsim Musilmanova, erkaklar o‘rtasida esa — 74 yoshli Gelman Qosimov bo‘ldi.

10 km masofaga o‘tkazilgan yugurish musobaqasida qozog‘istonlik Dmitriy Ivanchukov birinchi, o‘zbekistonlik Yevgeniy Fadeyev ikkinchi, qog‘og‘istonlik Mixail Krassilov uchinchi bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida ham qozog‘istonlik sportchi Tatyana Neroznak marrani birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. O‘zbekistonlik Zarnigor Xudoyberdiyeva va Marina Xmelevskaya sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Erkaklar o‘rtasida 21,1 kilometrlik masofaga yugurish bo‘yicha surxondaryolik sportchi Shohrux Davlatov marraga birinchi keldi.

Ayollar o‘rtasida esa Nurxon Muhiddinova 1-o‘rinni egalladi.

Mazkur xayriya yarim marafoni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport turizmini rivojlantirish bilan bir qatorda, imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Yarim marafondan tushgan mablag‘lar Toshkent teatrlaridan birida ko‘rish qobiliyati zaif va ko‘zi ojiz insonlar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha eksperimental loyihani amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Ushbu dastur tifloizohlash (audiodeskripsiya) yordamida pesaning teatr sahnasida namoyish etilishini o‘z ichiga oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан